Faoliyat to'g'risida hisobot · Toshkent · 2026

Uch yillik
o'zgarishlar2023 — 2026

Har bir ko'rsatkich ortida real insonlar taqdiri turibdi: o'z vaqtida tibbiy ko'rikdan o'tgan ayol, toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan bola, zamonaviy va xavfsiz maktabda ta'lim olayotgan o'quvchi.

12
Asosiy KPI
4
Islohot sohasi
3
Yillik faoliyat
7
Jamoa a'zosi
00 — Kirish

Natijalarga erishishni boshqarish ofisi

"Delivery" — "amalga oshirish" degan ma'noni anglatadi. Xalqaro amaliyotda Delivery Unit ustuvor vazifalarni amalga oshirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish orqali ularning bajarilishini ta'minlashga ko'maklashadigan jamoa.

Asosiy xususiyat — vazirliklar funksiyalarining o'rnini bosish emas, balki an'anaviy tarzda tarqoq ishlaydigan davlat organlari o'rtasida gorizontal aloqalar o'rnatish. Uch yil davomida atiga yetti kishidan iborat kichik jamoa to'rt sohadagi islohotlar ijrosiga hamrohlik qildi.

Faoliyatimiz "O'zbekiston–2030" strategiyasining asosiy maqsadlariga erishishga qaratilgan bo'lib, geografiyasi Qoraqalpog'istondan Farg'ona vodiysigacha — barcha hududlarni qamrab oldi.

01 — Natijalar

Raqamlarda
o'zgarishlar

Atiga yetti kishidan iborat jamoa amalga oshirgan loyihalarning miqyosi. Har bir raqam — bu real insonlar hayotidagi aniq o'zgarish.

11 100
Maktab raqamlashtirildi
700 000+
Ayol har yili saraton skriningidan o'tadi
50 000
Fuqaro suv ta'minoti monitoringida qatnashdi
15 000+
Uy xo'jaligi ovqatlanish tadqiqotiga jalb etildi
600 mlrd
So'm har yili maktab sanitariyasiga ajratiladi
5 ta
Olis hududlarda raqamli mammograf o'rnatildi
30 000+
Obyekt fazoviy ma'lumotlari geoportalda
600 000+
Ayol onkologik hushyorlik kampaniyasida
22
IGCS master-treneri tayyorlandi
02 — Sohalar

To'rt sohada
12 ta KPI

2023-yil may oyida Prezident Administratsiyasining PA-28 farmoyishi bilan belgilangan ustuvor yo'nalishlar — "O'zbekiston–2030" strategiyasi maqsadlariga erishishga qaratilgan.

011–4 KPI

Sog'liqni saqlash

Onkoskrining, aholining sog'lom turmush tarzi va ovqatlanishi. Milliy kanser-registr va skriningning raqamli registri joriy etildi.

025–9 KPI

Suv ta'minoti va kanalizatsiya

Ichimlik suvi va sanitariya xizmatlaridan, jumladan maktablarda foydalanish imkoniyati. 50 ming fuqaro jamoatchilik monitoringida qatnashdi.

0310–12 KPI

Maktab infratuzilmasi

11 100 ta maktab raqamlashtirildi. Har yili 600 mlrd so'm maktab sanitariyasini rivojlantirishga ajratiladi.

04Kross-kesim

Ma'lumotlarni boshqarish

Birinchi Milliy ijtimoiy infratuzilma geoportali — 30 mingdan ortiq obyekt. GIS-tahlil va raqamli boshqaruv panellari.

03 — Yondashuv

Delivery Unit
qanday ishlaydi?

Faoliyatimiz ikkita asos — Umumdavlat yondashuvi (Whole-of-Government) · Davlat siyosatidagi innovatsiyalarga tayanadi. Quyidagi to'rt tamoyil har bir loyihada qo'llaniladi.

01

Ma'lumotlarga asoslangan qarorlar

Biz taxminlar yoki subyektiv baholarga tayanib ish ko'rmaymiz. Barcha qarorlar faktlar, ma'lumotlar tahlili va real vaziyat asosida qabul qilinadi.

02

Yagona jamoa bo'lib ishlash

Aksariyat davlat vazifalarini bir vazirlikning o'zi hal qila olmaydi. Biz turli idoralar, hududlar, xalqaro hamkorlar va fuqarolik jamiyatini birlashtiramiz.

03

Diqqat markazida — inson

Muvaffaqiyat ko'rsatkichi tadbirlar soni emas, balki odamlarning haqiqiy o'zgarishlarni his qilgani. Fuqarolar fikri monitoringning muhim qismi.

04

Doimiy yangi yechimlar izlash

Yangi yondashuvlarni kichik sinov loyihalarida tekshirib ko'ramiz. Natija berganlarini davlat miqyosida kengaytiramiz.

Baholash emas, hal qilish

"Muammo ko'zga tashlanganda, vazifa shunchaki baho berib, qiyinchiliklarni qayd etish emas, balki yeng shimarib, yechim izlash edi."

04 — Case study

Onkologiya va
ayollar salomatligi

Gender tengligi siyosati doirasida ayollar salomatligiga alohida e'tibor. Tizimli skrining, erta tashxis va davolanish imkoniyatlarini oshirish — ustuvor yo'nalish.

Muammo

Tizim bemorni ko'rmaganida

2023-yilgacha bemor ayollar haqidagi ma'lumotlar tarqoq holda yuritilgan. Tekshiruvdan so'ng ayolning shifokor ko'rigiga borgani, tashxis tasdiqlangani va davolanishni boshlaganini kuzatib bo'lmas edi.

Buxoro viloyatidagi skrining natijalari tahlilida ko'krak bezi saratoniga gumon qilingan har ikkinchi ayol onkologga yetib bormagani ma'lum bo'ldi.

Geoanaliz davomida mavjud 18 ta statsionar mammografdan 13 tasi faqat Buxoro viloyatida ekanligi aniqlandi. Uskunalar hisobida tursa-da, aksariyat hududlar amalda mammografiya xizmatidan bebahra qolayotgan edi.

18 → 5
Yangi raqamli mammograflar
3 500+
Tibbiy muassasa raqamlashtirildi
~30%
Tirik va vafot etgan bemorlar farqi
209
Onko-nazorat shifokori o'qitiladi
Yechim

Davlat dasturi va natijalar monitoringi

Islohotga 2025–2030-yillarga mo'ljallangan bachadon bo'yni va ko'krak bezi saratonini nazorat qilish bo'yicha yangi Davlat dasturi (PQ-402, 22.11.2024) asos bo'ldi.

Ilk bor natijalar monitoringi davlat dasturining majburiy qismiga aylandi. Tadbirlar sonini hisobga olish o'rniga — skriningdan davolash boshlanguniga qadar bo'lgan butun yo'lni qancha ayol bosib o'tayotganini.

Erta aniqlash modeli qayta ko'rib chiqildi: faqat onkologlarga tayanmasdan, ayollar bilan muntazam ishlaydigan ginekolog-shifokorlarga asosiy e'tibor qaratildi.

Natijalar
01Milliy kanser-registr yaratildi va xalqaro talablarga muvofiq verifikatsiya joriy etildi
02Raqamli skrining registri joriy etildi
03IGCS xalqaro dasturi bo'yicha 22 nafar master-trener tayyorlandi
0413 nafar shifokor Huntsman saraton institutida (AQSh) malaka oshirdi
055 ta raqamli yapon mammografi grant hisobidan diagnostika tanqis hududlarga joylashtirildi
06600 mingdan ortiq ayol "Erta aniqla — Hayotni saqla" kampaniyasiga qamrab olindi
073 500+ tibbiyot muassasasi to'g'risidagi ma'lumotlar raqamlashtirildi
08Bachadon bo'yni va ko'krak bezi saratoni bo'yicha 2025–2030 Davlat dasturi (PQ-402)

"Monitoring rasmiyatchilik uchun qilinadigan hisobot bo'lishdan to'xtab, qaror qabul qilish vositasiga aylandi."

Milliy kampaniya

"Erta aniqla —
Hayotni saqla"

Ko'krak bezi saratonini yenggan ayollarning o'zlari aksiyaning yuzi va asosiy ilhomlantiruvchilariga aylandi. Davlat, shifokorlar, biznes va OAVni "erta tashxis hayotni saqlab qoladi" g'oyasi atrofida birlashtirgan tashabbus.

600 000+
Ayol qamrab olindi
2 000+
Tibbiyot xodimi ishtiroki
500+
Forum ishtirokchilari
12
Podkast va intervyu
Hamkorlar: Safia, Korzinka, Bon — savdo shoxobchalarida materiallar. Transport vazirligi — aeroport, metro va avtobuslarda roliklar. Anhor.uz — birinchi media qo'llab-quvvatlash.
05 — Profilaktika

Davolashdan
profilaktikaga

Mamlakatda ilk bor aholining ovqatlanishini o'rganish bo'yicha eng yirik tadqiqot (Nutrition Survey) o'tkazilib, u 15 ming kishini qamrab oldi. Atrof-muhit, oziq-ovqat xavfsizligi, yod tanqisligi va bioetika bo'yicha tizimli ishlar olib borildi.

Ovqatlanish ratsioni

15 000 ishtirokchi · so'rovdan bir kun oldin iste'mol qilingan mahsulotlar

Iste'mol qilganJuda past
Sabzavotlar79.9%
Go'sht78.9%
Mevalar va tuxum70.5%
Qatiq va suzma57.9%
Dukkaklilar40.7%
Tvorog va pishloq37.5%
Ko'katlar27.6%

Oilalarning deyarli yarmi byudjetining 68% dan ko'prog'ini oziq-ovqatga sarflagan. Shakar va ultraqayta ishlangan mahsulotlar ko'p iste'mol qilinishi fonida ko'katlar, dukkaklilar va sut mahsulotlari yetishmovchiligi yuqumli bo'lmagan kasalliklar xavfini oshiradi.

01

15 000 fuqaro Nutrition Survey milliy tadqiqotida ishtirok etdi

02

10 000 ga yaqin kishi Sog'lom turmush tarzi festivalida qatnashdi

03

Yagona Oziq-ovqat xavfsizligi qo'mitasi tashkil etish qarori qabul qilindi

04

2030-yilgacha ko'krak suti bilan oziqlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat dasturi

05

Yod tanqisligi kasalliklari profilaktikasi qonuniga qo'shimchalar ishlab chiqildi

06

Pestitsidlar ta'sirini tizimli baholash boshlandi

Hikoya

Bir inson taqdiri

Ko'pchilik uchun ovqatlanish masalalari shaxsiy tanlovdek tuyuladi. Biroq tadqiqot butunlay boshqa manzarani ko'rsatdi: so'rovda qatnashgan oilalarning qariyb yarmi o'z byudjetining uchdan ikki qismidan ko'prog'ini oziq-ovqatga sarflagan, biroq taomnoma muvozanati saqlanmagan. Milliy tadqiqot tufayli davlat ilk bor profilaktika dasturlarini taxminlarga emas, millionlab oilalarning kundalik hayotiga tayanib ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'ldi.

06 — Vaqt jadvali

Uch yil — bosqichma-bosqich

2023
Boshlanish

Prezident Administratsiyasining PA-28 farmoyishi bilan 12 ta KPI belgilandi. Delivery Unit jamoasi tuzildi.

2024
Tizimli o'zgarishlar

Milliy kanser-registr, raqamli skrining registri, geoportal yaratildi. PQ-402 qarori qabul qilindi.

2025
Kengaytirish

IGCS sertifikati bo'yicha master-trenerlar tayyorlandi. "Onko-nazorat" xonalari mamlakat bo'ylab kengaytirildi.

2026
Hisobot va davom

Uch yillik dastlabki hisobot e'lon qilindi. Yangi davr — "O'zbekiston–2030" strategiyasiga muvofiq.

07 — Saboqlar

Uch yillik
saboqlar

Barqaror islohotlar yangi tartib-qoidalar yoki raqamli platformalardan emas, balki davlat boshqaruviga yondashuvni o'zgartirishdan boshlanadi.

01

Ishonchli ma'lumotlar rasmiy hisobotlardan qadrliroqdir

Aynan ular haqiqiy muammolarni ko'rish, ustuvor yo'nalishlarni belgilash va qarorlarning insonlar hayotini o'zgartirayotganini baholash imkonini beradi.

02

Murakkab masalalarni bir idora hal qila olmaydi

Sog'liq, ta'lim, suv va raqamlashtirish o'zaro bog'liq. Doimiy muvofiqlashtirish va umumiy mas'uliyat talab etiladi.

03

Sinov loyihalari qimmatga tushadigan xatolardan saqlaydi

Kichik tajribalar yechimlarning hayotiyligini tekshirish va mahalliy sharoitlarga moslashtirish imkonini beradi.

04

Fuqarolar — islohotlarning to'laqonli ishtirokchisi

Jamoatchilik nazorati, kraudsorsing va mapatonlar davlat qarorlariga salmoqli hissa qo'shadi.

05

Fazoviy ma'lumotlar — zamonaviy boshqaruv asosi

Xaritalar jadvallarda ko'rinmaydigan jihatlarni ochib beradi va resurslarni adolatliroq taqsimlashga yordam beradi.

"Qarorlar dalillarga asoslanib qabul qilinganda, davlat idoralari yagona jamoa bo'lib ishlaganda va har bir qaror markazida inson manfaati turganda — islohotlar barqaror bo'ladi."

Hisobot bo'limlari

Barcha boblar

Delivery Unit jamoasining uch yillik faoliyati hisobotining sakkizta bobi — asosiy natijalardan tortib xalqaro hamkorlik va xulosagacha.

01BOB

Asosiy natijalar va rejalar

O'zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2016-yil yakunidan boshlab keng ko'lamli islohotlar va chuqur o'zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. Davlat apparati oldiga fuqarolar farovonligini yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni nafaqat ishlab chiqish, balki sifatli amalga oshirish vazifasi ham qo'yildi. Aynan shu ehtiyoj "Delivery Unit"…

Bobni o'qish
Asosiy natijalar va rejalar 1Asosiy natijalar va rejalar 2Asosiy natijalar va rejalar 3
02BOB

Delivery Unit qanday ishlaydi?

## Faoliyatning asosiy tamoyillari +-----------------------------------+-----------------------------------+ | **1 Ma'lumotlarga asoslangan | **2 Yagona jamoa bo'lib ishlash** | | qarorlar** | | | | Aksariyat davlat vazifalarini bir | | Biz taxminlar yoki subyektiv | vazirlikning o'zi hal qila | | baholarga tayangan holda ish | olmaydi. Shu bois, "Delivery…

Bobni o'qish
Delivery Unit qanday ishlaydi? 1Delivery Unit qanday ishlaydi? 2Delivery Unit qanday ishlaydi? 3
03BOB

Onkologiya va ayollar salomatligi

Gender tengligini ta'minlash siyosati doirasida ayollar salomatligini yaxshilashga qaratilgan dasturlarga alohida e'tibor qaratildi. Tizimli skrining dasturlari, erta tashxis qo'yish va davolanish imkoniyatlarini oshirish orqali ko'krak bezi va bachadon bo'yni saratonining oldini olish hamda unga qarshi kurashish asosiy ustuvor yo'nalishlardan biridir. **■…

Bobni o'qish
Onkologiya va ayollar salomatligi 1Onkologiya va ayollar salomatligi 2Onkologiya va ayollar salomatligi 3Onkologiya va ayollar salomatligi 4
04BOB

Ma'lumotlar odamlar hayotini yaxshilashga qanday yordam berdi

**SUV, SANITARIYA VA GIGIYENA** ## MUAMMO: infratuzilma qadr-qimmat masalasiga aylanganda Millionlab insonlar uchun toza suv, xavfsiz hojatxona va qo'l yuvish imkoniyati oddiy, kundalik holdek tuyuladi. Biroq O'zbekistonning ko'plab maktablari va aholi punktlari uchun bu uzoq vaqt davomida hal etilmay kelayotgan muammo edi. Biz asosiy qiyinchilik faqat…

Bobni o'qish
Ma'lumotlar odamlar hayotini yaxshilashga qanday yordam berdi 1Ma'lumotlar odamlar hayotini yaxshilashga qanday yordam berdi 2Ma'lumotlar odamlar hayotini yaxshilashga qanday yordam berdi 3Ma'lumotlar odamlar hayotini yaxshilashga qanday yordam berdi 4
05BOB

Infratuzilmani boshqarishning raqamli tizimini qanday yaratdik

## MUAMMO Ko'pchilik davlat qarorlari raqamlar asosida qabul qilinadi. Biroq raqamlarning o'zi asosiy savolga -- muammo aynan qayerdaligiga kamdan-kam javob bera oladi. Geoportal yaratilgunga qadar davlat minglab jadvallar va hisobotlarga ega bo'lsa-da, mamlakatning yagona fazoviy tasavvuriga ega emas edi. Aholi qayerda tezroq o'sayotganini, qaysi…

Bobni o'qish
Infratuzilmani boshqarishning raqamli tizimini qanday yaratdik 1Infratuzilmani boshqarishning raqamli tizimini qanday yaratdik 2Infratuzilmani boshqarishning raqamli tizimini qanday yaratdik 3Infratuzilmani boshqarishning raqamli tizimini qanday yaratdik 4
06BOB

Normativ-huquqiy va institutsional islohotlar

Delivery Unit uch yil davomida nafaqat alohida loyihalarni kuzatib bordi, balki davlat boshqaruvining yangi modelini ham sinovdan o'tkazdi. Tajriba tariqasida boshlangan ko'plab yechimlar davlat dasturlari, me'yoriy hujjatlar va davlatning doimiy funksiyalarining bir qismiga aylandi. Bu ishlarning asosiy natijasi hisobotlar va ko'rsatkichlar emas, balki…

Bobni o'qish
Normativ-huquqiy va institutsional islohotlar 1Normativ-huquqiy va institutsional islohotlar 2
07BOB

Xalqaro hamkorlik

Delivery Unit jamoasi uch yillik faoliyati davomida o'z ishini ta'minlash uchun donorlik mablag'larini jalb qilmagan. Xalqaro hamkorlar Loyiha ofisi faoliyatini moliyalashtirmagan, uni saqlab turish uchun grantlar ajratmagan va jamoaning ishlashi bilan bog'liq xarajatlarni qoplamagan. Delivery Unit faoliyatining xarajatlari faqatgina xodimlarning ish haqi…

Bobni o'qish
Xalqaro hamkorlik 1Xalqaro hamkorlik 2Xalqaro hamkorlik 3
08BOB

Xulosa

## Asosiy natija va keyingi bosqich Uch yillik faoliyat shuni ko'rsatdiki, faqatgina ko'rsatkichlarni kuzatish bilan barqaror o'zgarishlarga erishib bo'lmas ekan. Murakkab ijtimoiy vazifalarni hal etish uchun muammolarni qayd etishning o'zi kifoya qilmaydi --- davlat boshqaruvi jarayonlarini takomillashtirish, ortiqcha ma'muriy to'siqlarni bartaraf etish,…

Bobni o'qish
Xulosa 1Xulosa 2
Foto galereya

Hisobotdan

Hisobotning bosma nusxasidan olingan tasvirlar, infografika va fotosuratlar. Aslini ochish uchun bosing.

Rasm 1Rasm 2Rasm 3Rasm 4Rasm 5Rasm 6Rasm 7Rasm 8Rasm 9Rasm 10Rasm 11Rasm 12Rasm 13Rasm 14Rasm 15Rasm 16Rasm 17Rasm 18Rasm 19Rasm 20Rasm 21Rasm 22Rasm 23Rasm 24Rasm 25Rasm 26Rasm 27Rasm 28Rasm 29Rasm 30Rasm 31Rasm 32Rasm 33

Rubrikalar bo'yicha materiallar

Kitob shaklida o'qish

Hisobotni varaqlab o'qing

Barcha 5 bob — kirishdan onkologiya, suv, ma'lumotlar va raqamli infratuzilmagacha. Tugmalar yoki ← → tugmachalari bilan varaqlang.

Kitob · 1 / 49
DELIVERY UNIT
Uch yillik o'zgarishlar
2023 — 2026 · Dastlabki hisobot
"Har bir ko'rsatkich ortida real insonlar taqdiri turibdi."
01-BOB
Asosiy natijalar va rejalar
Dastlabki hisobot · Toshkent · 2026

To'liq hisobot bilan tanishing

Faoliyatimizning ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini ta'minlash maqsadida tayyorlangan to'liq hujjat. Davlat organlari, ekspertlar va islohotlardan manfaatdor barcha uchun foydali.